«Yuventus» hujumchi olish niyatida bu yozda.
LaStampa ma'lumotlariga ko'ra, Turin klubi «Aston Villa» forvardi Tammi Abraxamning transferiga qiziqish bildirmoqda. Ingliz jamoasi o'z futbolchisini taxminan 25 million evroga baholamoqda.
Tammi Abraxam «Chelsi» tarbiyasidan o'tgan. U 2026 yil yanvarida «Beshiktosh»dan «Aston Villa»ga 21 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumida hujumchi barcha musobaqalarda jami 42 o'yin o'tkazib, 16 gol urdi va to'rt assist berdi. Transfermarkt portali Abraxamning narxini 18 million evro deb baholamoqda.




