Yarim himoyachi Orelyen Tchuameni yozda «Real»ni tark etishi mumkin.
Indykaila News ma'lumotlariga ko‘ra, fransuzni «Manchester Yunayted» sotib olishga qiziqmoqda. Kecha, 23 iyun, «qizil jodugarlar» vakillari Londonda futbolchining agentlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar yarim himoyachining potentsial transferini muhokama qilishdi.
Orelyen Tchuameni 2022 yilda «Monako»dan «Real»ga 80 million evro evaziga o‘tdi. Uning «qaymoqlar» bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumida yarim himoyachi madrid klubida barcha musobaqalarda 49 o‘yinda qatnashib, ikki gol urdi va ikki golli uzatma berdi.




