Argentinalik yarimhimoyachi «Komo» Nikolas Pas Angliya Premier Ligaga o'tishi mumkin.

TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, «Tottenhem» «Real»ning Pasni «Komo»dan qaytarish va 60 million evroga sotish niyatida ekanligini bilib oldi. «Shporlar» vaziyatdan foydalanishga va transferni amalga oshirishga tayyor.

Dastlab «Sivqonlar» yarimhimoyachini sotib olib, unga imkoniyat berishni rejalashtirgan edi, ammo Joze Mourinyo bosh murabbiy sifatida kelishi vaziyatni o'zgartirdi. Portugaliyalik mutaxassis Pasning talantidan hayratda, lekin argentinalik futbolchi uning tizimiga mos kelmaydi deb hisoblaydi.

O'tgan mavsumda Pas barcha turnirlarda 40 uchrashuv o'tkazdi, 13 gol va sakkiz assist yozib oldi.

«Real» Pas bo'yicha qarorini o'zgartirdi