«Real» «Bavariya» vingeri Maykl Olishni qo'lga kiritishdan voz kechdi.

Diario AS ma'lumotlariga ko'ra, madridlik klubga fransuzni yozda sotib olishning imkoni yo'qligi bildirildi. Shu sababli «shirinlar» barcha kuchlarini «Chelsi» yarimhimoyachisi Enzo Fernandesning transferiga qaratishga qaror qildi. Argentinlik futbolchi «Real»ning yozgi asosiy transfer maqsadiga aylandi.

Enzo Fernandes 2023 yilda «Chelsi»ga «Benfika»dan 121 million evro evaziga o'tdi. Uning Londondagi klub bilan shartnomasi 2032 yil 30 iyungacha davom etadi. Hozirgi mavsumda yarimhimoyachi «siniylar» safida barcha musobaqalarda 53 o'yin o'tkazdi, 15 gol urdi va yetti golli uzatma berdi.