«Tottenxem» yarim himoyachisi Xavi Simons jamoa o'yinchilari va bosh murabbiy Roberto De Zerbi o'rtasidagi munosabatlar haqida fikr bildirdi.
— O'yinchilar va murabbiylar shtabi o'rtasida haqiqatan ham yaxshi aloqalar mavjud, — dedi Simons CBS Sportsga.
De Zerbi «Tottenxem»ni joriy yilning mart oyida boshqara boshladi va jamoaga Angliya Premer-ligasida o'z o'rnini saqlab qolishga yordam berdi. «Shporlar» chempionatni 17-o'rinda yakunlab, 38 turda 41 ochko to'pladi.
O'tgan mavsumda 23 yoshli niderlandiyalik barcha musobaqalarda 43 uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini olti marta ishg'ol qildi va yetti golli uzatmani amalga oshirdi.




