Londondagi «Chelsi» himoyachi Malo G'yustoni yozgi transfer oynasida sotishga tayyor. Ushbu ma'lumotni jurnalist Saymon Fillips taqdim etgan.

Ma'lum qilinishicha, «Chelsi» 23 yoshli futbolchini munosib taklif olganda qo'yib yuboradi. O'ng himoyachining agenti allaqachon «Manchester Siti» va «Inter» vakillari bilan muzokaralar olib borgan, chunki ularning fransuzga bo'lgan qiziqishi ortib bormoqda.

O'tgan klub mavsumida G'yusto barcha turnirlarda 49 uchrashuvda ishtirok etib, uch marta raqib darvozasini ishg'ol qildi va beshta golli uzatma berdi.

Himoyachining bozor narxi, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 35 million evroni tashkil etadi.

«Manchester Siti» «Chelsi» futbolchisi bo'yicha so'rov yubordi