Niderlandiya terma jamoasi va «Vest Xem» vingeri Krisensiyo Sammervill boshqa bir ingliz klubi – «Manchester Yunayted»ning qiziqish doirasida.

Teamtalk jurnalistlarining ma'lumotlariga ko'ra, «qizil iblislar» o'yinchini yozgi transfer oynasida qo'shib olishni rejalashtirmoqda. «Molatoboychilar» Krisensiyoni sotishdan taxminan 57 million yevro daromad olishni kutmoqda. Sammervill va «Vest Xem» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning o'rtalarida tugaydi.

2025/2026 mavsumida Krisensiyo 34 ta uchrashuv o'tkazib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt uning narxini 35 million yevro deb baholamoqda.