Kanaqli hujumchi «Yuventus»dan Jonatan Deyvid yozgi transfer oynasida klub o'zgartirishi mumkin.
Corriere dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, «Yuventus» 26 yoshli hujumchini 30 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Deyvid uchun dastlabki takliflarni «Tottenhem» va «Lion» kiritgan.
Hozirda Deyvid Kanada terma jamoasi bilan 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. O'tgan o'yinda Qatarga qarshi hujumchi hat-trik qayd etdi.
O'tgan klub mavsumida Deyvid barcha musobaqalarda 46 marta maydonga tushib, sakkiz marta raqib darvozasi to'sig'ini yorib o'tdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.




