O'ng himoyachi «Rayo Valyekano» Andrey Ratsiu Liverpoolda karerasini davom ettirishi mumkin. Bu haqida Fussballdaten xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli ruminiya futbolchisi bilan Ispaniya klubidagi shartnomada 25 million evro miqdorida tovon puli belgilangan, ammo «Liverpool» narxni 20 milliongacha tushirishni xohlaydi. Shuningdek, himoyachiga «Barselona» ham qiziqmoqda, bu haqida bahor oylarida xabar berilgan edi.
O'tgan mavsumda Ratsiu barcha musobaqalarda 50 marta maydonga tushib, bir gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ratsiuning «Rayo Valyekano» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha davom etadi.




