Vinger «RB Leypsig» Jan Diomand  «Liverpul»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo'lib qolmoqda.

Angliya gigantining 19 yoshli futbolchi uchun taklif qilgan summasi 100 million evro atrofida bo'lgan, ammo «qizil bulg'urlar» bunday shartlarga rozilik bildirmadi. Jurnalist Pol Joysning ma'lumotlariga ko'ra, yaqin kunlarda «Liverpul» istiqbolli ivoriyalik futbolchi uchun yangi taklif tayyorlamoqda.

«RB Leypsig» Jan Diomandni sotishni xohlamaydi, shuning uchun faqat «oshkora foydali» takliflarni ko'rib chiqadi. O'tgan mavsumda yosh futbolchi 36 o'yinda 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.