«Tottenxem» «Nyukasl» bilan yarim himoyachi Sandro Tonali transferi bo'yicha kelisha olmadi.
«Shporlar» italiyalik futbolchi uchun 80 million funt sterling (92 million evrodan ortiq) taklif qildi, ammo rad javobini oldi, deb xabar beradi Sky Sports. «Sorokalar» joriy transfer mavsumida o'z yulduzini sotmoqchi emas.
Sandro Tonali ga qiziqish avvalroq «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» ga ham bog'langan edi. Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchining narxini 80 million evro deb baholamoqda. Hozirgi vaqtdagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.
O'tgan mavsumda Tonali «Nyukasl» uchun 53 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 7 ta assist bilan ajralib turdi.




