Napadayoqchi «Everton» Tyerno Barri «RB Leyptsig»ning qiziqish doirasiga tushdi. Jurnalist Pol Joysning ma'lumotlariga ko'ra, nemis klubi 23 yoshli napadayoqchini transfer qilish bo'yicha «irisok» rahbariyati bilan bog'langan.

Ma'lum bo'lishicha, Barri «Leyptsig»ning yozgi transfer oynasidagi ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi. Fransuz futbolchisi APLdagi birinchi mavsumida 38 o'yinda 8 ta gol urdi.

«Everton» esa futbolchini osonlik bilan qo'yib yubormoqchi emas. Klub rahbariyati faqat jiddiy moliyaviy takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Transfermarkt portalida futbolchining narxi 30 million evro deb baholangan.