«Braiton» «Tottenxem»ning himoyachisi Luka Vushkovichni o‘z saflariga qo‘shish uchun yana bir urinish qildi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
Taklif summasi 52 million evrodan iborat bo‘lib, unda bonuslar va qo‘shimcha to‘lovlar ham mavjud. Muzokaralar davom etmoqda, o‘yinchi o'tishga tayyor.
Shuni ta’kidlash joizki, «shporlar» avvalroq «Braiton»ning 2 ta taklifini rad etgan edi, shundan so‘ng jamoa 19 yoshli xorvatni qo‘lga kiritish uchun kurashmaydi degan ma’lumot paydo bo‘ldi.
O‘tgan mavsumda Vushkovich nemis «Gamburg» klubida ijarada o‘ynab, 30 ta o‘yinda (6 gol, 1 assist va 6 ogohlantirish) maydonga tushdi.




