Markus Rashford «Manchester Yunayted»ga «Barselona»dagi ijaradan qaytadi. Katalon klub ingliz futbolchisini 30 million evro evaziga sotib olish imkoniyatidan 15 iyunga qadar foydalanmadi. ESPN ma'lumotlariga ko'ra, «qizil iblislar» qanot o'yinchisini yana «Barsaga» ijaraga bermaslikka qaror qilgan. Ingliz gigantining rahbariyati ushbu yozda futbolchini sotmoqchi va munosib transfer takliflarini kutmoqda.
Markus Rashford Xans-Diter Flik jamoasi bilan 49 ta o'yin o'tkazdi, 14 marta gol urdi va 14 marta golli uzatma berdi. 28 yoshli futbolchining Transfermarkt portalidagi bahosi 40 million evro.




