Madriddagi «Real» yarimhimoyachisi Orelyan Tchuameni klubdan ketishi bilan bog'liq mish-mishlar tarqalmoqda.
26 yoshli futbolchiga qiziqish ko'pincha ingliz gigantlariga bog'lanmoqda. Centredevils xabariga ko'ra, fransuzning agenti allaqachon «Manchester Yunayted» vakillari bilan uchrashgan – bu esa Fede Valverde bilan bo'lgan mojarodan oldin sodir bo'lgan. Aniq muzokaralar olib borilmagan, ammo tomonlar hamkorlik imkoniyatlarini baholashgan.
Orelyan Tchuamenining narxi Transfermarkt portalining mutaxassislari tomonidan 70 million evro deb baholangan. Futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha davom etadi.




