«Liverpul» 19 yoshli «RB Leyptsig» hujumchisi Yan Diomande uchun rasmiy taklif bilan chiqdi, ammo ingliz klubining birinchi taklifi rad etildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, mersisaydliklar 19 yoshli hujumchi uchun 100 million evro taklif qilishgan, ammo nemis klubi bu shartlarda o'yinchini sotishga rozi bo'lmagan. Leyptsigda ivoriylik futbolchidan kamida 120 million evro olishni rejalashtirmoqdalar.
Yaqin kelajakda Diomande uchun kurashga «Pari Sen-Jermen» ham qo'shilishi kutilmoqda. «RB Leyptsig» rahbariyati da'vogarlar o'rtasida to'liq raqobat yuzaga kelishini kutmoqda, bu esa transfer narxini yanada oshirishi mumkin.
Yosh hujumchiga bo'lgan qiziqish uning jahon chempionatidagi yorqin chiqishlari fonida oshib bormoqda.




