Niderlandiya terma jamoasining markaziy himoyachisi Yan-Paul van Xekke «Tottenhem» bilan mehnat shartnomasini imzoladi. Londondagi klub futbolchining «Braiton»dan transferi haqida rasmiy e'lon qildi.
Avvalroq taniqli insayder Fabrizio Romano transfer summasini oshkor qilgan edi. Van Xekke «shporlar»ga 52 million funt (taxminan 60 million evro)ga tushdi.
26 yoshli futbolchi 2021 yildan buyon «Braiton» uchun o'ynagan. O'tgan mavsumda niderlandiyalik 40 ta o'yinda qatnashib, uchta gol va uchta assist bilan ajralib turdi.
Hozirda van Xekke 2026 yilgi jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasi safida. Birinchi turda uning jamoasi yaponlar bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.




