20 yoshli shved yarimhimoyachisi «Tottenxem»dan Lukas Bergvall yozda klubni tark etishi mumkin. Bu haqida HotspurReports xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, futbolchiga Angliya Premer-ligasi ikkita klubi — «Chelsi» va «Aston Villa» qiziqish bildirmoqda. Ammo, «shporlar» bu jamoalardan hali rasmiy taklif olmaganini ta'kidlamoqda.
O'tgan klub mavsumida Bergvall barcha musobaqalarda 33 o'yinda qatnashib, bir gol urdi va beshta golli pas berdi.
Bergvallning «Tottenxem» bilan shartnomasi 2031 yilgacha davom etadi. Transfermarkt mutaxassislari yarimhimoyachini 35 million evroga baholamoqda.




