Markaziy himoyachi Ibraima Konate rasmiy ravishda «Liverpul»dan Madridning «Real» klubiga o'tdi. Bu haqda Ispaniyaning yirik klubi matbuot xizmati xabar berdi.

27 yoshli fransuz futbolchisi «Real» bilan 2030 yilning iyunigacha shartnoma imzoladi.

Konate 2021 yildan beri «Liverpul»da o'ynadi. O'tgan mavsum tugagach, u Merseysaydliklar bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi va erkin agent sifatida jamoani tark etdi.

«Liverpul» safida Konate barcha musobaqalarda 183 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Himoyachining bozor qiymati, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 45 million evroni tashkil etadi.

«Real» Bernar Silvaning o'tishi haqida e'lon qildi

«Real» Chelsidan Kukurelyaning transferi haqida e'lon qildi