Ispaniyalik hujumchi Viktor Munyos Ispaniyaning «Osasuna» klubini tark etib, Angliya Premer-ligasi top-klubi «Liverpul»da karerasini davom ettiradi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli o‘yinchi AQShda, 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Ispaniya terma jamoasi yig‘inida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi. «Qizil furiya»ning Kaboverdega qarshi o‘tkazgan birinchi o‘yinida (0:0) Munyos zaxirada qoldi.
O‘tgan mavsumda Viktor 36 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Hujumchi o‘z hisobiga yetti gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
«Liverpul» o'tgan APL musobaqasini beshinchi o‘rinda yakunladi.




