«Tottenxem» darvozaboni Gulyelmo Vikarioni o'z vataniga qaytishi bilan bog'liq xabarlar davom etmoqda.
Italiyalik darvozabon «Yuventus»ning qiziqish doirasiga kiradi, ammo aniq kelishuvga erishilmagan. Insaider Janluka di Marcio xabariga ko'ra, «biyankoneri»lar Vikarioni qo'lga kiritish g'oyasidan voz kechmagan, ammo 29 yoshli darvozabon uchun yana bir da'vogar bor – «Napoli».
Gulyelmo Vikario 2023 yil yozida «Empoli»dan «Tottenxem»ga o'tgan. O'tgan mavsumda darvozabon barcha musobaqalarda «shporlar» safida 43 o'yin o'tkazib, jami 65 gol o'z darvozasidan o'tkazib yuborgan. Transfermarkt portalida futbolchining narxi 18 million evroga baholanmoqda.




