«Chelsi»ning afsonasi Jon Terri London klubidan «Real»ga himoyachi Mark Kukurelyaning o'tishi haqida fikr bildirdi.
«Kukurelya «Chelsi» uchun katta yo'qotish bo'ladi. Haqiqatan ham, so'nggi ikki-uch yil ichida u bizning eng yaxshi o'yinchilarimizdan biri edi. Menimcha, Xabi Alonsoga yaxshi emas, chunki u klubga yangi kelganida, eng yaxshi futbolchilardan biri ketmoqda.
Kukurelya yaqinda bu haqda gapirgan edi, u ketishni xohlagan. Shunday qilib, ehtimol, bu uning orzusi edi – «Real»ga o'tish va shartnoma imzolash. Lekin men Mark uchun faqat yaxshi so'zlarim bor – unga omad tilayman», - deydi Terri Sports Uncensoredga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, «Real» Kukurelyaning transferi uchun «Chelsi»ga 55 million evro to'lagan. Ispan futbolchisi 2022 yildan buyon «ko'klar» safida o'ynagan.




