Jurnalist Xose Feliks Dias «Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiyolning «Real»ga taklif qilgani haqidagi savolga javob berdi.
«Gvardiyol «Real»ga taklif qildimi? Ha. Lekin menimcha, bu «Manchester Siti» bilan o'ziga foydaliroq shartnoma olish uchun taklif edi», - deya ta'kidladi Dias.
Yoshko Gvardiyol 2023 yilda «RB Leypsig»dan «Manchester Siti»ga 90 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumida xorvat futbolchisi «shaharchilar» safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Gvardiyolning qiymatini 70 million evro deb baholamoqda.




