25 yoshli Dortmundning «Borussiya» jamoasining yarim himoyachisi Feliks Nmecha yevropaning yetakchi klublarini qiziqtirmoqda.

BILD ma'lum qilishicha, yevropaning katta klublaridan oshayotgan qiziqish fonida «Borussiya» Nmechaga narx belgilagan. Klub Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisini 120 million evroga sotishi mumkin. Bunday jiddiy talablar «shmeyler»ning o'yinchini joriy yozda sotishga tayyor emasligi bilan bog'liq.

Germaniya yarim himoyachisi «Real», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Chelsi»ning e'tiborini tortmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Nmecha barcha musobaqalarda 42 o'yin o'tkazdi, besh marta raqib darvozasini ishg'ol etdi va uchta golli uzatma berdi.