Qanot hujumchisi «Köl'n»dan Said El-Mala Londondagi «Tottenxem»da karerasini davom ettirishi mumkin. Bu haqda BILD xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, El-Mala «shporlar»ning bosh murabbiyi Roberto De Dzerbiga juda yoqadi. Avvalroq, futbolchining xizmatlariga «Nyukasl» ham qiziqish bildirgani haqida xabar berilgan edi.

2025/26 yilgi mavsumda El-Mala Germaniya chempionatida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va beshta golli uzatma berdi.

Qanot o'yinchisining «Köl'n» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha davom etadi. Transfermarkt portalidagi mutaxassislar 19 yoshli nemis o'yinchisini 45 million evroga baholamoqda.