Himoyachi «Kristal Pelas» Maksans Lakrua bu yozda klubni o'zgartirishi mumkin.

Daily Mail ma'lumotlariga ko'ra, 26 yoshli futbolchini «Chelsi» sotib olishda qiziqish bildirgan. «Ko'klar» fransuzni himoya chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan. Potensial kelishuv taxminan 40 million evroga baholanmoqda.

Maksans Lakrua 2024 yilda «Kristal Pelas»ga «Volfsvurg»dan 18 million evroga o'tgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumda himoyachi «qushlar» safida barcha musobaqalarda 55 o'yin o'tkazib, 3 gol urdi va 3 golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Lakruaning qiymatini 50 million evroga baholamoqda.