Yarim himoyachi «Liverpul»dan Dominik Soboslay «Barselona»ga o'tishi mumkin.
TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, kataloniyalik klub vengriyalik futbolchini qo'shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq, «qizillar» bu yozda o'z yarim himoyachisini sotishga rozi bo'lishi ehtimoli past.
Dominik Soboslay 2023 yilda «RB Leypsig»dan «Liverpul»ga 70 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi «qizillar» safida barcha musobaqalarda 53 o'yin o'tkazib, 13 gol urdi va 12 golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Soboslayning narxi 100 million evroga baholanmoqda.




