«Manchester Siti» rahbariyati Angliya Premyer Ligasi (APL) moliyaviy qoidalarini bir necha bor buzganligi uchun jazolanmasligiga ishonmoqda.

The Telegraph ma'lumotlariga ko'ra, klub mustaqil komissiya tomonidan qabul qilingan ayblov qaroriga apellyatsiya berish bo'yicha optimistik kayfiyatda. Ular, Abu-Dabi hukumati moliyaviy operatsiyalar uchun manba bo'lganligini tasdiqlovchi bank hisobotlari, hukumat yozuvlari va kvitansiyalarni taqdim etmoqchi.

«Siti»ning asosiy argumenti shundaki, komissiya Abu-Dabi hukumati — homiylarning aksiyadori tomonidan berilgan homiylik to'lovlari haqidagi deyarli barcha dalillarni e'tiborsiz qoldirgan. Shunday qilib, mablag'lar klub egasidan kelmagan va qonuniy tijorat daromadlari sifatida ko'rilishi kerak. Shuningdek, «Siti» liga deyarli to'liq ravishda o'zining elektron pochta yozishmalari asosida ish yuritganini va buzilishlar bo'yicha hech qanday bevosita guvohni taqdim etmaganini ta'kidlaydi.

Klubning komissiya qaroriga apellyatsiyasi ikki hafta oldin yuborilgan. «Manchester Siti»ga beriladigan oxirgi qaror va jazolar hozircha noma'lum.