«Chelsi» hujumchi va Marokash terma jamoasi a'zosi Yasin Jasimni «Strasburg»dan sotib olishga yaqin. Bu haqda Londondagi klubning sobiq darvozabon murabbiyi Kristof Lollishon Ouest-France nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

«Bugun Yasin Jasim «Strasburg»da o'ynaydi, lekin u deyarli «Chelsi»da, - dedi Lollishon.

20 yoshli futbolchi 2026 yilning boshida «Dunkerk» klubidan «Strasburg»ga 7 million evro evaziga o'tdi. Alsas jamoasida Yasin 25 ta o'yinda maydonga tushib, 2 gol urdi va 4 assist berdi. Avgust oyida u «Lans»ga qarshi o'yinda eng yaxshi o'yinchi deb topilgan.

«Strasburg» va «Chelsi» BlueCo holdingiga tegishli. Agar transfer amalga oshsa, Yasin Jasim «Strasburg»dan Londonga ko'chgan yana bir futbolchi bo'ladi. Avvalroq shunday yo'lni Valentin Barco, Mamadu Sarr va Emmanuel Emega bosib o'tgan.