«Bavariya» prezidenti Gerbert Hayner «Liverpul» yarimhimoyachisi Florian Virtsning munchenlik klubga o‘tishini hozirda inkor etdi. Bu haqda Goal xabar bermoqda.

Virtsning «Liverpul»dagi holati haqida savolga javob berar ekan, Hayner shunday dedi:

«Florian Virts - ajoyib futbolchi. Men uni biroz afsuslanaman, chunki Angliyada u hozircha «Bayer»da ko‘rsatgan darajasini namoyish eta olmayapti. U bizga va Germaniya terma jamoasiga kerak. Bizda juda kuchli jamoa bor va biz undan juda mamnunmiz. Shuning uchun hozirda bu masala kun tartibida emas».

Virts 2025 yil iyunida «Bayer»dan «Liverpul»ga 100 million funt sterling evaziga o‘tdi. Avvalroq nemis yarimhimoyachisi uchun «Bavariya» ham qiziqish bildirgan edi, u bir necha yil davomida uni kuzatgan.

Hozirgi mavsumda nemis futbolchisi 8 o‘yinda maydonga tushib, 2 golli uzatma berdi.