«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonzo jarohat olgan himoyachi Riz Jeymsning holati haqida ma'lumot berdi.

- Biz hammamiz xafa bo'ldik, ayniqsa Rizning o'zi. U xalqaro tanaffusdan keyin yaxshi boshlamoqchi edi, lekin jarohat oldi. Operatsiya muvaffaqiyatli o'tdi, biz uni qo'llab-quvvatlaymiz. Tez orada sog'ayishini tilayman. Biz aniq muddatlarni belgilamayapmiz, lekin uning bir necha haftani o'tkazib yuborishini kutyapmiz. Qayta tiklanish tez bo'lmaydi. U Rojdestvoga qadar yoki undan keyin qaytadimi, vaqt ko'rsatadi. Muhimi, hamma narsa to'g'ri bajarilishi kerak, - deydi Alonzo BBCga.

 Jeyms mashg'ulotda tizzasini jarohatlab, «Bournemouth»ga qarshi o'yinni (5:1) o'tkazib yubordi. Futbolchining bir necha oy o'ynay olmasligi haqida xabarlar tarqaldi.