«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karriq «Lids» bilan bo'lib o'tadigan APL o'yiniga tayyorgarlik haqida fikr bildirdi.

- Farke ajoyib ish olib bordi. Agar o'tgan mavsumdan boshlab jamoaning qanday yo'lni bosib o'tganiga, qanday o'zgarishlar yuz berganiga va qanday seriyalar o'tkazganiga qarasak, u haqiqatan ham kuchli jamoaga aylandi. Bu Daniel va uning shtabining mehnati. Bizda katta raqobat mavjud, klub va mintaqalar o'rtasida boy tarix bor. Aynan shu narsa bunday o'yinlarni maxsus qiladi. Ushbu tarix va raqobatni qadrlash kerak. Yakshanba kuni ajoyib atmosfera bo'ladi va biz bunga tayyor bo'lamiz, - dedi Karriq matbuot anjumanida.

«Lids» va «Manchester Yunayted» o'yini 18-sentabrda bo'lib o'tadi va soat 16:00 da boshlanadi.