«Arsenal»ning bosh murabbiyi Mikel Arteta klubning taxminan 60 xodimni qisqartirish rejalari haqida fikr bildirdi.

- Bu masala menga tegishli emas. Menga klubda qanday tahlil o‘tkazilgani va bularning barchasi kelajakda rivojlanish maqsadida amalga oshirilayotgani tushuntirildi. Yaxshi bo‘lish uchun ma’lum qarorlar qabul qilish, tegishli odamlarni kerakli lavozimlarga tayinlash va maqsadlarimiz va muvaffaqiyatlarimizga erishish uchun sarmoya kiritish zarur. Bularning barchasi menga tushuntirildi, lekin men bu savolga javob beradigan odam emasman. Umid qilamanki, buni hamma tushunadi, - deya Artetani iqtibos keltiradi BBC.

Artetaning jamoasi oltita turdan so‘ng 15 ochko to‘plab, Angliya chempionatida ikkinchi o‘rinda bormoqda, «Manchester Siti»dan uch ochko ortda.