«Arsenal» jamoasining bosh murabbiyi Mikel Arteta «Nottingem Forest»ga qarshi bo'ladigan Premier-liga o'yini haqida fikr bildirdi.

«So'nggi ikki o'yinimizda juda yaxshi o'ynadik. Biz sifatli o'yin ko'rsatdik va a'lo natijalarga erishdik. Endi barcha e'tiborimiz «Nottingem Forest» o'yiniga qaratilgan. Ishonchim komilki, bu juda qiyin o'yin bo'ladi. 

Biz gol urish va gol o‘tkazmaslik uchun barcha kuchimizni sarflaymiz. Bizni qiyin sinov kutmoqda: raqibda juda malakali murabbiylar jamoasi bor. Biz ularga qarshi oldin ham o'ynaganmiz - ularning maydonida maxsus muhit va kuchli impuls yaratish qobiliyati bor. Biz bunga tayyormiz», - dedi Arteta matbuot anjumanida.

«Nottingem Forest» va «Arsenal» 18-oktabr, yakshanba kuni o'ynaydi.