«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska klubga nisbatan kechayotgan tergov haqida fikr bildirdi. Mustaqil komissiya «shaharchilar»ni ko‘plab moliyaviy qoidabozliklarda aybdor deb topdi. Klub apellyatsiya berdi va agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, jiddiy jazoga duch kelishi mumkin.
«Men bu masala bo‘yicha «Manchester Siti»dan tashqaridagi odamlar bilan gaplashmayman, chunki men klubga ishonaman. Men bu klubni boshqarayotgan odamlarga ishonaman», - dedi Mareska juma kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
«Manchester Siti» Angliya Premier Ligasi bo‘yicha o‘tgan olti turda maksimal 18 ochko to‘plab, liderlik qilmoqda.
