Angliyaning «Nyukasl» jamoasi bir vaqtning o'zida uchta muhim o'yinchisini yo'qotishi mumkin.

The Chronicle'ga ko'ra, «Nyukasl» rahbariyati joriy yozda qanot himoyachilari Lyuis Holl va Tino Livramento, shuningdek, yarim himoyachi Sandro Tonalini qo'yib yuborishga tayyor. Klub moliyaviy holatini muvozanatga keltirish va APLdagi yangi SCR qoidalariga mos kelish uchun bu qadamga borishga majbur. Shu bilan birga, hech bir o'yinchi ochiqchasiga ketish istagini bildirmagan.

O'tgan mavsumda Angliya chempionatini «Nyukasl» 12-o'rinda yakunladi va 38 turda 49 ochko to'pladi. Yangi mavsumda «soroklar» evrokuboklarda qatnasha olmaydi.