15 yoshli forvard «Manchester Yunayted» Djozef Gabriele Myunxenning «Bavariya» transfer ro'yxatida joy olgan, deb xabar bermoqda N-TV.
Nemis klubi iste'dodli futbolchini sotib olish bo'yicha muzokaralar o'tkazdi. Hozircha «Bavariya» tomonidan rasmiy takliflar berilmagan.
Shuningdek, Gabriele uchun Madridning «Real» va Kataloniyaning «Barselona» klublari ham qiziqish bildirmoqda. O'z navbatida, futbolchi Ispaniyaga ko'chishni afzal ko'radi.
Hozirgi mavsumda forvard «qizil iblislar»ning yoshlar jamoasida uchta o'yinda qatnashib, beshta gol urdi va ikki golga uzatma berdi.
