Londonning Arsenal klubi nemis hujumchisi Kai Haverz bo'yicha o'z pozitsiyasini belgilab berdi.
Jurnalist Nikolo Skira ma'lum qilishicha, joriy APL chempioni 27 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlashga qaror qildi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning iyun oyida tugaydi. Haverzning bozor qiymati 60 million evroga baholanmoqda.
Joriy Angliya Premier Ligasi mavsumida Kai Arsenal safida beshta uchrashuv o'tkazdi. Nemis futbolchisi ikki gol urdi.
Besh turdan so'ng Arsenal 12 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
