Londonning Arsenal klubining qanot o'yinchisi Noni Madueke Yevropa klublarining diqqat markazida qolmoqda.

Jurnalist Mark Brusning xabariga ko'ra, Maduekega italiyaning Juventus va Madridning «Atletiko» kabi olti klub qiziqmoqda. Biroq, hozirda Arsenal 24 yoshli qanot o'yinchisi bilan xayrlashishni rejalashtirmagan.

Yangi mavsumda Madueke barcha musobaqalarda beshta o'yinda qatnashib, bitta golli uzatma berdi.

Angliyalik futbolchining kanonirlar bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt mutaxassislari futbolchini 45 million evroga baholamoqda.