Belgiyalik «Bryugge» himoyachisi Xoaquin Seys evropalik klublar orasida qiziqish uyg'otmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 21 yoshli futbolchi Londondagi «Arsenal», Birminghamdagi «Aston Villa» va Lisabondagi «Benfika» tomonidan qiziqish bilan kuzatilmoqda.
Oldinroq matbuotda Seysni o'z saflarida ko'rishni xohlayotgan «Manchester Yunayted» haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.
Xoaquin 2024 yildan beri «Bryugge»da o'ynaydi va uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyigacha davom etadi. Transfermarkt portalining mutaxassislari himoyachining narxini 27 million evro deb baholamoqda.
Joriy Belya chempionatida Seys yetti o'yinda qatnashib, uchta assist bergan.
