Angliya futbolining afsonasi Ueyn Runi «Manchester Yunayted»ning sobiq jamoadoshi, argentinalik hujumchi Karlos Tevez haqida fikr bildirdi.
«Onefootball»ning xabariga ko'ra, sobiq «qizil iblislar» forvardi Tevezni jamoaning treninglarida haqiqiy sharmandalik deb atadi. Biroq, u futbol maydonida argentinalikning maksimal darajada o'ynashini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, Ueyn va Karlos 2007 yildan 2009 yilgacha mankuniya klubida birga o'ynagan.
«Manchester Yunayted»dan tashqari, Tevez «Manchester Siti», Turinning «Yuventus», «Boka Huniors» va boshqa klublarda ham o'ynagan. Argentina terma jamoasi safida hujumchi 76 uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urgan.
