«Fulxem»ning markaziy yarimhimoyachisi Sander Berge «Manchester Yunayted»ning qiziqish doirasida. Bu haqda insayder Ekrem Konur ma'lum qilgan.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «qizil iblislar» 28 yoshli norvegiyalik futbolchini transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqdalar. Ta'kidlanishicha, ikki yil avval «Fulxem» Berge'ni 29 million evro evaziga sotib olgan va hozirda sotishdan foyda olishni xohlamoqda.
O'tgan klub mavsumida yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, bir gol urdi.




