Poluzashitnik Federiko K'yieza «Liverpul»da o'z faoliyatini davom ettirishni niyat qilmoqda.
Jurnalist Mirko Di Natalening ma'lumotlariga ko'ra, italiyalik futbolchi «Liverpul»da qolish va yangi bosh murabbiy Andoni Iraola boshchiligida asosiy tarkibda o'rin olish uchun kurashishga qat'iy qaror qilgan. K'yieza «Yuventus» va «Komo»dan kelayotgan qiziqishlarga qaramay, Seriya A'ga qaytishni rejalashtirmayapti. U Iraolaning kelishini o'z karerasida yangi bir bosqich sifatida ko'radi va yangi murabbiyning o'yin uslubi uning kuchli tomonlariga mos kelishini hisoblaydi.
2025/26 yilgi mavsumda Federiko K'yieza «Liverpul»da barcha musobaqalarda 36 ta o'yin o'tkazib, uchta gol urdi va uchta golli uzatma berdi. Uning «qizil»lar bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha davom etadi.




