«Latsio» va «Roma» Italiya chempionati Seriya A yangi mavsumini muvaffaqiyatli boshladi va hozirda turnir jadvalining birinchi uchligida joylashgan. «Roma» nafaqat barcha o‘yinlarini g‘alaba bilan yakunladi, balki bu g‘alabalarni katta hisob bilan qo‘lga kiritdi. «Latsio»ning g‘alabalari biroz kamroq ko‘rinishda, lekin Jjennaro Gattuso boshqaruvidagi klub hozirda ham uchta g‘alabaga ega.
Ma'lum bo‘lishicha, Italiya chempionati tarixida birinchi marta «Roma» va «Latsio» mavsumni uchta g‘alaba bilan boshladi. Mavsumning to‘rtinchi turida «Roma» «Torino» bilan o‘ynaydi, «Latsio» esa o‘z maydonida «Milan»ni qabul qiladi.
