O'tgan turda italiyaning chempionatida Rimning «Latsio» jamoasi «Udineze» ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi va g'alaba golini uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga ikki daqiqa qolganida, Latsioning yangi o'yinchisi Albert Gudmundsson kiritdi.
Ma'lum bo'lishicha, uning goli nafaqat g'alaba goli bo'lib, balki «Latsio» tarixida italiyaning eng yuqori ligasida kiritilgan 4000-gol hamdir. «Qushlar» - italiyaning eng yuqori ligasi tarixida bunday yutuqqa erishgan oltinchi klubdir. Boshqa beshta klub esa «Inter», «Yuventus», «Milan», «Roma» va «Fiorentina»dir.
Hozirda «Latsio» á Seriya A da uchinchi o'rinda turibdi.
