«Inter» prezidenti Lautaro Martinesga «Barselona»ning qiziqishi haqida mish-mishlarga javob berdi.
«Lautaro Martines «Barselona» bilan aloqa o‘rnatishni yoki muzokaralar o‘tkazishni xohlamadi. Bundan tashqari, transfer klub darajasida ham mumkin emas edi, chunki Lautaro — eng yuqori darajadagi o‘yinchi. Agar biz unvonlarni yutmoqchi bo‘lsak, u bizga kerak», — deya jurnalist Fabrizio Romano so‘zlarini keltirmoqda.
Hozirgi mavsumda 29 yoshli argentinalik barcha turnirlar bo‘yicha to‘rt uchrashuvda ishtirok etdi, ikki gol urdi va bitta assist qayd etdi.
