Markaziy yarim himoyachi «Napoli» Skott Maktominayga yurakda aniqlangan yengil aritmiya sababli operatsiya o'tkaziladi. 29 yoshli futbolchining qachon qaytishi haqida Italiya klubining sport direktori Djovanni Manna ma'lumot berdi.
«Mashg'ulotlarga qaytish uchun kamida 28 kun o'tishi kerak, keyin esa yana bir necha hafta kerak bo'ladi. Umid qilamizki, u oktyabrda qaytishi mumkin», - deya iqtibos keltiradi Football Italia.
Maktominay 2024 yildan beri «Napoli»da o'ynaydi. «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi barcha musobaqalarda 82 o'yin o'tkazib, 27 gol urdi va 10 golli uzatma berdi.
