Ispaniyalik hujumchi Luis Alberto Rimning «Latsio» klubida 2016 yildan 2024 yilgacha sakkiz yil davomida o'ynadi. U bir necha yil davomida birga o'ynagan Chiro Immobileni yuqori baholaydi.

«Men o'z kareram davomida o'ynagan boshqa hujumchilar bilan bo'lgani kabi, biz Chiro bilan juda yaxshi tushunardik. Chiro — «Latsio»ning afsonasi va shunday bo'lib qoladi. U hatto Krishtianu Ronaldu va Messi bilan raqobatlashgan paytda «Oltin butsa»ni qo'lga kiritdi. Bu ajoyib yutuq», - deb keltiradi Alberto so'zlarini derbyderbyderby.it.

Hozirda Luis Alberto Qatar klubida o'ynayotgan bo'lsa, Chiro Immobile esa faoliyatini tugatdi.