«Torino» murabbiyi In'yatsio Abate Italiya chempionatining to'rtinchi turida «Roma»ga 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchragan jamoasining o'yinini sharhladi.

«Albatta, ikkinchi taymni jamoa a'lo o'tkazdi, lekin «Roma» kabi kuchli raqiblarga qarshi o'yinlarda paydo bo'lgan imkoniyatlardan foydalanish va xotirjam bo'lish zarur. Ikkinchi olingan gol uchun afsusdaman — u o'yin yo'nalishini o'zgartirdi», - deya Abate so'zlarini keltiradi forzaroma.info.

Hozirda «Torino» Italiya chempionati Seriya A turnir jadvalida o'n to'rtinchi o'rinda turibdi.