Hujumchi yarimhimoyachi Stefan El-Sharavi faoliyatini janubiy «Djenoa» klubida davom ettiradi. Bu haqda klubning matbuot xizmati xabar berdi. 33 yoshli italiyalik futbolchi erkin agent sifatida jamoaga qo'shildi.
Tajribali o'yinchining so'nggi ish joyi poytaxtdagi «Roma» klubi bo'lgan. El-Sharavi Rim klubini mehnat shartnomasining muddati tugagach tark etdi.
Genuya jamoasi yangi Italiya chempionati mavsumida muvaffaqiyatsiz boshladi. «Djenoa» ketma-ket ikki mag'lubiyatga uchradi va turnir jadvalida 16-o'rinda turibdi. Klubning keyingi o'yini 4-sentabr, juma kuni «Komo»ga qarshi uyda bo'lib o'tadi.
